logo
+998 (71) 230-26-26

Qo'llab-quvvatlash

Shaxsiy kabinet

Eshik va rom narxini hisoblash

25.02.2026

2 136

Eshik va rom narxini onlayn hisoblash

WinPro platformasida alyumin va plastik eshik hamda rom narxini onlayn hisoblash imkoniyati mavjud. Ushbu tizim ishlab chiqarish tannarxini avtomatik aniqlash, savdo narxini shakllantirish va tayyor tijorat taklifini yaratish imkonini beradi.

Bugungi kunda eshik va rom ishlab chiqarishda tezkor hamda aniq hisob-kitob muhim ahamiyatga ega. WinPro onlayn konstruktorida foydalanuvchi konstruktsiya o‘lchamlarini kiritadi, profil turini tanlaydi, steklopaket va furnitura parametrlarini belgilaydi hamda tizim bir necha soniya ichida narxni aniq hisoblab beradi.

WinPro dasturida eshik va rom narxini qanday qilib tez va aniq hisoblash mumkin?

Narx hisoblash jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • Konstruktsiya o‘lchamlarini kiritish
  • Alyumin yoki plastik profil turini tanlash
  • Steklopaket va qo‘shimcha materiallarni belgilash
  • Furnitura parametrlarini aniqlash
  • Ishlab chiqarish tannarxini avtomatik hisoblash

Natijada foydalanuvchi ishlab chiqarish tannarxi, savdo narxi va foyda marjasini ko‘rib chiqishi hamda tayyor tijorat taklifini yuklab olishi mumkin.

Mobil qurilmalar orqali eshik va rom narxini hisoblash

WinPro dasturi web brauzer, kompyuter, Android va iOS mobil ilovalari orqali foydalanish mumkin. Bu esa eshik va rom narxini istalgan joyda va istalgan vaqtda onlayn hisoblash imkonini beradi.

An’anaviy usulda narx hisoblash ko‘p vaqt talab qiladi va qo‘lda xatolik yuz berishi mumkin. WinPro esa mijoz huzurida turib narxni aniqlash imkonini beradi. Bu mijozning ishonchini oshiradi, savdo jarayonini tezlashtiradi va buyurtmalar sonini ko‘paytiradi.

Ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va nazorat qilish

WinPro shaxsiy kabinetida barcha buyurtmalar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni saqlanadi. Bu kompaniyalarga:

  • Xodimlar faoliyatini tahlil qilish
  • Joriy talabni aniqlash
  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
  • Buyurtmalarni markazlashtirilgan tarzda boshqarish

kabi imkoniyatlar taqdim etadi.

Eshik va rom narxini onlayn hisoblash jarayonini soddalashtirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun WinPro platformasidan foydalaning.

Tavsiya etilgan maqolalar

Toshkentda Eshik va rom narxini onlayn hisoblash | WinPro